12:40 / 19.03.2019
4907
Soliq organi baliqchilikni rivojlantirish uchun xitoylik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat soliq qo‘mitasida Xitoyning baliqchilik sohasiga ixtisoslashgan mashhur Aquatech kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xitoylik hamkorlar bilan yangi baliq turlarini olib kirish masalasi muhokama etilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hamkorlar bilan inkubatsiya sexlarini tashkil etish, baliq ozuqalarini ishlab chiqarish va mahsulotlarni qayta ishlash, sun'iy havzalarda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun investitsiya kiritish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

«100 gektar maydonda tashkil etilayotgan inkubatsiya sexida yiliga 200 mln. dona baliq lichinkasi yetishtirish va ulardan 100 mln. dona baliq chavoqlarini boqish rejalashtirilgan.Bundan tashqari, 350 gektar sun'iy suv havzalarida yiliga kamida 3 ming tonna baliq ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani tashkil etish ko‘zda tutilgan», — deyiladi qo‘mita axborotida.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi» DUK tomonidan O‘zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish, aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish maqsadida istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Top