14:30 / 19.03.2019
21354
Toshkent aeroportida 21 yoshli qizni fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Surishtiruv davomida N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi “Shahnoza” ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan so‘ng, avvaliga 3500 AQSh dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Top