07:52 / 20.03.2019
19874

2019 yilda aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi 

Illyustrativ foto

2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram kanalida aytilishicha, qarorga muvofiq 2019 yilda 370 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
 
Bundan tashqari mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda 182 mingdan ortiq aholining bandligi ta'minlanadi.

Davlat buyurtmasi doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun esa 46 mingdan ortiq ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladi. 

Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2019 yil yakuniga qadar respublika hududidagi mavjud ishsizlik darajasini o‘sishini oldini olish, ayrim hududlarda xususan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida ishsizlik darajasini kamaytirishga erishish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratilishi belgilandi:

ish beruvchilarga – aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni qayta tayyorlashga qilingan xarajatlarni qoplash uchun 6 oy davomida har oyda 810 ming so‘m miqdorida;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga – biznesni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 2 mln 27 ming so‘m miqdorida;

ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda 405 ming so‘m miqdorida;

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – 608 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda.

Top