14:56 / 20.03.2019
39042
Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston senatining yangi raisi etib saylandi
Foto: RIA Novosti / Vladislav Vodnev

Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakat senati yangi spikeri etib saylandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi 55 yoshda, 2016 yil sentyabridan u respublika parlamenti senatining (yuqori palata) deputati bo‘lgan.

Bundan oldin, senat (parlament yuqori palatasi) raisi Qosim-Jomart Toqayev qasamyod keltirdi va mamlakat prezidenti lavozimiga kirishdi.

«Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi prezidentiga yuklatilgan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman», - dedi Toqayev.

Avvalgi prezident Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni o‘z vakolatlarini topshirgandi. Bu haqda u televideniye orqali millatga maxsus murojaatida e'lon qildi.

Top