00:12 / 20.03.2019
15531

Matematika bo‘yicha “Nobel mukofoti” ilk bor ayol kishiga topshirildi

Norvegiya fanlar akademiyasi 2019 yil uchun matematika bo‘yicha “Nobel mukofoti” – Abel mukofotini amerikalik ayol matematik Karen Ulenbekka topshirdi. Ushbu mukofot ilk bor ayol kishiga berildi. 

Ulenbek ushbu mukofotni “xususiy hosilalardagi geometrik differensial tenglamalar, maydonning kalibr nazariyasidagi yutuqlari va ishlarining matematik analiz, geometriya va matematik fizikaga fundamental ta'siri” uchun olgan.  

Ayol matematik 1942 yilda tavallud topgan. Ayni vaqtda Texas shtati universiteti va Prinston universitetida faoliyat yuritadi. 

Abel mukofoti 2003 yildan boshlab har yili atoqli matematiklarga topshirib kelinadi. Mukofot qiymati 6 mln norveg kronini (700 ming dollar) tashkil qiladi. 

Top