11:52 / 20.03.2019
35972

Ostonani Nursultonga: Tokayev Qozog‘iston poytaxti nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Qozog‘iston Senati raisi Qosim-Jomart Tokayevning mamlakat prezidenti lavozimiga kirishishi bo‘yicha tadbir parlament palatalari qo‘shma yig‘ilishida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qosim-Jomart Tokayev Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qildi.

Foto: Sputnik/RIA «Novosti»

«Bizning buyuk zamondoshimiz - Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning nomini quyidagi tarzda abadiylashtirish kerak: bizning poytaxt Prezidentimiz nomini olishi hamda Nursulton deb atalishi lozim. Shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, bunday taklif 2016 yil 23 noyabrida Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada parlamentariylar tomonidan ilgari surilgan», - dedi Tokayev prezident lavozimiga kirishganidan so‘ng.

Bundan tashqari, Tokayev Nazarboyevni davlatda mavjud bo‘lgan barcha yuksak unvonlar bilan taqdirlashni taklif qildi.

Shuningdek, Tokayevning fikricha, Nazarboyevga «faxriy senator» maqomini berish, Qozog‘iston birinchi prezidentining barcha suratlari esa davlat idoralarida majburiy tarzda osib qo‘yilishi lozim.

Top