18:44 / 20.03.2019
9791
Reklama

Shaharda nima yangiliklar: Orient kompaniyalar guruhidan uchta loyiha taqdimoti

Joriy yilning 19 mart kuni Hyatt Regency Hotel mehmonxonasida quyidagi yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi: Makro, The Tower Mall Management Group va The Beat. Mutaxassislarning katta qiziqishlariga sabab bo‘lgan va ko‘plab izohlar qoldirilgan bu loyihalar haqida quyidagi maqolamizda batafsil o‘qishingiz mumkin.

E-Makro ilovasi

Bu yil bahorda Makro supermarketlar tarmog‘i tomonidan ishga tushirilgan mobil ilova – mijozlar uchun yangi va to‘laqonli sodiqlik tizimidir.

Ilova cashback-tizimida ishlaydi va mijoz hisobiga xarid qiymatining 1-3 %ini qaytarish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari xaridor turli xil aksiyalarda qatnashayotgan mahsulotlarni xarid qilarkan cheklanmagan miqdordagi qo‘shimcha ballarga ega bo‘lishi mumkin. Ilova orqali shuningdek xaridlar qiymati, mahsulotlar narxlarini bilish, maxsus ro‘yxat tuzib, boshqa savdo nuqtalaridagi narxlar bilan solishtirish mumkin.

Kelgusida Makro supermarketlar tarmog‘i bu ilova orqali xaridlar uchun tezkor kredit rasmiylashtirish xizmatini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu ilovani yuklay olmagan xaridorlar uchun Makro tomonidan maxsus Telegram-bot va jamg‘arib boriluvchi karta joriy qilish mo‘ljallangan.

Makro ilovasi bu:

  •  Sodiqlik kartasining qulay analogi
  • Balans va xaridlarning shaffof nazorat tizimi
  • Mahsulotlar assortimentining to‘liq katalogi
  • Shtrix-kodlar skaneri
  • Makro tarmog‘ining barcha aksiyalari, sovrinli tanlovlari va yangiliklarini kuzatib borish imkoniyati
  • Jamg‘arib boriluvchi cashback-tizim

Sodiqlik tizimining yangi shakli ishga tushirilishi bilan tarmoqda “Ketdik” («Poyexali») nomli aksiyaga ham start beriladi. 10 oy davomida har oy Makro tarmog‘i tomonidan bittadan, jami 10ta avtomobil sovrin sifatida taqdim etiladi. Aksiyada ishtirok etish uchun xaridor 100 000 so‘m va undan ortiq xarid amalga oshirishi, kassada sodiqlik tizimidan foydalanishi va maxsus promo-kodni olishi kifoya qiladi. O‘yin oyning har so‘nggi Yakshanbasida "Toshkent" telekanalida bo‘lib o‘tadi.

Makro ilovasi Android va iOS platformalari uchun mavjud.

Anton Barabanshchikov

E-Makro ilovasining IT-arxitektori

Biz bu ilovamizni muntazam takomillashtirib boramiz, yaqin 3-4 oy ichida bir qator qo‘shimcha funksiyalar joriy qilishni rejalashtirganmiz. Hozir biz elektron savdolarni to‘laqonli joriy qilish uchun ishlanmalar ustida bosh qotirayapmiz.

Ilovamiz shunday yaratilganki, uni bitta tugma bosish orqali bunday tizimni ishga tushirish mumkin. Lekin unda savol tug‘iladi – bu mahsulotlar amalda mavjudmi va uni xaridorga yetkazish imkoniyati bormi? Demak ma'lum bo‘ladiki, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘lami ancha katta. Oilaviy akkauntni joriy qilish bo‘yicha ko‘p rejalarimiz bor, ular amalga oshsa, bitta akkaunt orqali masalan, er va xotin birga foydalanishlari mumkin.

Mario Bartylla

MB Architecs direktori

Riviera savdo ko‘ngilochar markazi (SKM) qurilishi 2020 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu SKM uchun juda qulay joy tanlangan – poytaxtning Olmazor tumanidagi Sebzar va Nurafshon ko‘chalari kesishmasi bu hududda yashovchi 150 ming aholi uchun Riviera piyoda tashrif buyurish mumkin bo‘lgan masofada joylashganini anglatadi.

O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtim davomida mahalliy aholining urf-odatlarini o‘rganishga ulgurdim. Misol tariqasida, bu yerda yozning issiq kunlarida odamlar toza havoda, ochiq ayvonlarda o‘tirishni yoqtirib, konditsionerlar yordamida sun'iy sovutishni u qadar xush ko‘rishmas ekan. Demak Riviera SKMdagi umumiy ovqatlanish tarmoqlari – restoranlar, kafelar ochiq ayvonli bo‘ladi.

Riviera SKM raqamlarda:

  • Umumiy maydon – 40.370 kv.metr
  • Ijaraga beriluvchi maydon – 20.150 kv.metr
  • 471 avtomobil uchun joy
  • Muzli maydon
  • 6 zalga ega kinoteatr
  • 1.300 kv.metrli yozgi ayvonlar

Savdo markazi – bu faqat xaridlargina bo‘lmay, vaqtni xush o‘tkazish maydoni hamdir. Bolalar quvnab o‘ynashi uchun mo‘ljallangan 1 500 kv.m.li hudud kelajagimiz egalariga albatta yoqadi. Tashrif buyuruvchilar uchun ulkan fudkort mavjud bo‘lib, unda muz maydoni faoliyat yuritadi. Fudkortning o‘ziga xos jihati u alohida sovutilmay, tabiiy harorat yordamida ishlaydi.

Bizning keyingi loyihamiz – Tramway Depot SKM bo‘lib, u o‘z maydoni bo‘yicha – Riviera SKMni ikki barobar ortda qoldiradi. Bu O‘zbekistondagi eng yirik savdo ko‘ngilochar markazi bo‘lib, sobiq Chilonzor tramvay deposi o‘rnida bunyod etiladi.

Tramway Depot SKM raqamlarda:

  •  Avtomobillar qo‘yish uchun ko‘p qavatli maydoni bo‘lgan 3 qavatli SKM
  • Umumiy maydon – 76.000 kv.metr
  • Ijaraga beriluvchi maydon 52.000 kv.metr
  • Makro supermarketi maydoni – 5.200 kv.metr
  • Toshkendagi eng yirik fudkort – 15 mumtoz oshxona, o‘z yozgi ayvoniga ega bo‘lgan 12 fastfud nuqtasi
  • Shahardagi eng yirik bolalar maydonchasi
  • 9 zalga ega Toshkentdagi eng yirik kinoteatr

Bu SKMda maydoni 5.200 kv.m bo‘lgan Makro supermarketi, ko‘plab butiklar, yirik maydonlarni egallagan brendlar joylashadi.

Uchinchi qavatda biz kutilmagan ishga qo‘l urganmiz – bu yerdagi bolalar maydonida nafaqat ko‘ngilochar, balki ta'lim tadbirlari ham o‘tkaziladi. Va albatta Tramway Depot SKM 9 ta zali bo‘lgan Toshkentdagi eng yirik kinoteatri, ochiq osmon ostidagi ulkan yozgi ayvonga ega bo‘lgan eng yirik fudkort alohida diqqatga sazovor. Tramway Depot SKM qurilish ishlarini yakunlash 2021 yilga mo‘ljallangan.

The Beat

The Beat – bu bepul onlayn-radio bo‘lib, barcha yoshdagi sifatli musiqa talabgorlari uchun uzluksiz kuy va qo‘shiqlar taqdim etish imkoniyatidir. Bu ilova Toshkentda 2018 yilda joriy qilingan va bugungi kunda kuniga 200.000 tinglovchiga xizmat qilmoqda. Endilikda uning qamrovini butun respublika bo‘ylab kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Feruzxon Yakubxodjayev

The Tower Mall Management Group marketing bo‘limi direktori

The Beat – bu bizning kayfiyatni ko‘taruvchi xizmat bo‘lib, a'lo kayfiyat baxsh etadi va uni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bor qalbimiz mehrini qo‘shgan mahsulotimiz, undan hech bir daromad yoki foyda ko‘zlanmagan. Siz undan bonus ballarini qo‘lga kiritmaysiz, mashina yutib olmaysiz va hatto o‘z vaqtingizni yozgi terrasalarda ham o‘tkazishga imkon taqdim etilmaydi. The Beat onlayn radiosi – bu IT-mahsulot, bu bizning innovatsiyamiz. Radioni o‘tgan yilning sentabr oyida sinov rejimida ishga tushirganmiz. U o‘zida doimiy shijoat bilan yangilab turiladigan 9 katta pleylistga ega ilovani ham namoyon etadi:

  • Chill – hordiq chiqarish uchun musiqa
  • Urban – xip-xop, rep va katta shaharning boshqa yo‘nalishdagi ohanglarini sevuvchilar uchun musiqa
  • Workout – mashg‘ulotlar uchun musiqa
  • Retro
  • Jazz / Blues
  • The Beat
  • Rock-n-roll
  • Romantic
  • Uzbek music

Bundan tashqari, The Beat – tinglovchilar auditoriyasi va ularning soni to‘g‘risida eng aniq va batafsil ma'lumotlarni taqdim etuvchi mamlakatdagi yagona radiodir. Aynan shu jihat reklama beruvchilarni qiziqtirishi aniq.

Hozir The Beat radiosi Toshkentdagi taxminan yuz maskanda o‘z sadolarini taratmoqda – The Tower Mall Management Group savdo markazlarida, Ecopark’da va Makro supermarketlar tarmog‘ida. Biz kelajakda radio dasturlarimiz bilan shahar va yurtimizdagi boshqa nuqtalarni ham qamrab olishni rejalashtiryapmiz. Niyatlarimiz yuksak va biz qamrovimizni kengaytirib boraveramiz.

The Beat ilovasini Android va iOS dasturiy ta'minotidagi mobil vositalar orqali yuklab olishingiz mumkin: app.thebeat.uz

Tadbirda ishtirok etgan mehmonlarning ba'zilari taqdimot haqida o‘z taassurotlari bilan ham bo‘lishdilar.

Kamilla Urinova

Makro supermarketlar tarmog‘ining tahlil va baholash bo‘yicha mutaxassisi

Bugun Orient kompaniyalar guruhi bilan birgalikda mutlaqo yangi va bir-biriga o‘xshamas uch loyihaning katta taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Makro supermarketlar tarmog‘ining vizual jihatdan yoqimli va tezda tushunib olsa bo‘ladigan mobil ilovalari tarmog‘imiz mijozlarining sodiqlik va ishonchini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bu nafaqat tarmoqning hozirgi va kelajakdagi iste'molchilarining talab darajasiga, balki Makro brendining imidjida ham o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatishi kerak.

Taqdimot, umuman olganda, ma'lumotlarga juda boy bo‘ldi. Tadbir o‘tkazilgan joy ham, uning ishtirokchilari tarkibi ham menga yoqdi. Tadbir munosib darajada tashkil etilgan, taqdimot esa maqsadlar va loyihalarning masshtabi bilan ilhomlantirdi.

Ilya Nikitin

Black Bear Kofi qahvaxonalar tarmog‘i asoschisi

Taqdimot yuqori darajada o‘tdi. Hammasi eng mayda jihatlargacha puxta o‘ylangan – ajoyib muhit, zo‘r ishtirokchilar, samimiy qabul, yoqimli tuhfalar, eng asosiysi – bularning bari shakllanib borayotgan jamoaning professionalizmi evaziga tadbirning boshidan oxirigacha yuqori did bilan yetkazilganida aks etdi. Men bunday katta iventning bir qismi bo‘lganimdan juda mamnunman!

Muallif: Yekaterina Sokolova
Fotograf: Akmal Saidov
Reklama huquqi asosida

Top