O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yangi tayinlov ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sadulloyevich Choriyev tayinlandi.