00:39 / 20.03.2019
13179

Tehrondagi aeroportda bortida 100 kishi bo‘lgan samolyotga o‘t ketdi

Eron poytaxti Tehrondagi Mehrobod xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyotga o‘t ketdi. Bu haqda FARS’ga iqtibos keltirgan holda “Reyter” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, 50 ga yaqin  yo‘lovchini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan, yana 50 kishi samolyotda qolmoqda. Voqea joyiga avariyaviy-qutqaruv xizmatlari yetib kelgan.

PressTV telekanalining ma'lum qilishicha, voqea qo‘nish vaqtida yuz bergan. Uning oqibatida hech kim jabrlanmagan. Boshqa tafsilotlar berilmagan. 

Mehrobod aeroporti Tehrondagi ikki aeroportdan biri hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top