16:18 / 20.03.2019
34078

Toshkentda yana kollej o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi

Foto: Getty Images

2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi, Qurilish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Bardanko‘l qishlog‘ida yashovchi D.M.ni pichoq bilan jarohatlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, M.R. qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top