15:36 / 21.03.2019
82912

Qozog‘iston yangi prezidentining ilk xorijiy tashrifi qaysi davlatga bo‘lishi oydinlashdi

Foto: Vladislav Vodnev

Qozog‘iston yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yaqin vaqt ichida Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kreml xabarida aytilgan. Avvalroq, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Nursulton Nazarboyev va Toqayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi.

Ta'kidlanishicha, Putin Qosim-Jomart Toqayevni davlat rahbari lavozimiga kirishgani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tilagan.

«Qozog‘iston-Rossiya hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qalin munosabatlar va yaqin vaqt ichida Qosim-Jomart Toqayevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifini tashkillashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi», - deyiladi xabarda.

20 mart kuni Qozog‘iston Senati raisi Qosim-Jomart Toqayev qasamyod keltirdi va mamlakat prezidenti lavozimiga kirishdi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishgani munosabati bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Top