09:02 / 21.03.2019
27357

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokirjon Erkinboyevich Sayfudinov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Zokirjon Erkinboyevich Sayfudinov

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib polkovnik Qodirjon Abdupattayevich Tursunov tayinlandi. Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Qodirjon Abdupattayevich Tursunov

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Top