09:22 / 21.03.2019
49615

Yoqutistonda migrantlarga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonda favqulodda ishchi guruh tuzildi

Foto: Yakutia.Info

Rossiya OAVda Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlariga qarshi Saxa Respublikasida mitinglar bo‘lib o‘tayotgani haqida ma'lumot tarqaldi. Bunga zo‘rlash holati sabab bo‘lgan, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi unda Qirg‘izistondan kelgan migrantni aybladi.

Ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida favqulodda ishchi guruhi tuzildi.

Bugungi kunga kelib Saxa Respublikasida, olingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 11 250 nafar fuqarosi mehnat faoliyatini olib bormoqda. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi o‘zbek diasporasining vakili Toshpo‘lat Yodgorov bilan bog‘lanishdi. Taqdim etilgan ma'lumotga qaraganda, bugungi kunda vaziyat o‘ta keskin emas, o‘zbekistonliklar hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q. Shunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslikka va ehtiyoj bo‘lmagan paytda odamlar ko‘p to‘planuvchi joylarga bormaslikka chaqirgan.

Shuningdek, vaziyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakili nazorati ostida. Uning xabariga ko‘ra, Saxa Respublikasida vaziyat barqarorlashgan.

Saxa Respublikasida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moskvadagi «qaynoq liniya»ga - +7 (903) 507-76-67 yoki Toshkent shahriga - +998 (71) 200-06-00, murojaat qilishni so‘ragan.

 

Mavzuga oid
Top