01:03 / 22.03.2019
8544

AQSh Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi 

AQSh Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyat sababli Xitoyning ikkita transport kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda Pxenyanga dengiz orqali yuk tashishda, sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergan. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilish AQShda aktivlar muzlatilishi va AQSh fuqarolari yoki kompaniyalarining bu kompaniyalar bilan biznes olib borishi taqiqlanishini anglatadi.

Top