15:00 / 22.03.2019
13625
Reklama

Ashxobod sayilgohida Navro‘z bayrami nishonlandi

Toshkent shahar hokimligining ko‘magida 21 mart kuni Ashxobod sayilgohida Navro‘z bayrami nishonlandi.

Yurtimizda bahor faslining bor go‘zalligini o‘zida mujassam etgan, yangilanish va poklanish ayyomi – Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizning eng go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Ashxobod sayilgohiga bayramni birgalikda, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash uchun yuzlab toshkentliklar hamda Toshkent shahri mehmonlari tashrif buyurishdi.

Bayramona bezatilgan Ashxobod sayilgohida daraxtlar gullab yashnamoqda, yerlar ko‘m-ko‘k rangga burkangan. O‘zining nafis go‘zalligi bilan barchani hayratga soluvchi Ashxobod sayilgohi mehmonlarga kun davomida ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Sayilgohda mehmonlar uchun ataylab tayyorlangan mazali sumalak, mehmonlarning dilini yayratgan quvnoq karnay-surnay tovushlari Navro‘z bayrami yanada shodli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Aytish joizki, sayilgohga kelgan mehmonlar bayramona konsertdan bahra olishdi. Navro‘z ayyomini birgalikda nishonlash uchun tashrif buyurgan o‘zbek estradasi yulduzlari barcha mehmonlarga bayramona kayfiyat ato etishdi.

Ashxobod sayilgohi minglab mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashishga va barchaga shodlik, quvonch baxsh etishga hamisha tayyor. Sayilgohga yaqinlaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring hamda nafis va bejirim bezatilgan go‘zal manzaralardan zavq oling.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun fb.com/ashxobodsayilgohi rasmiy sahifasiga tashrif buyuring.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Kichik Halqa avtomobil yo‘li va Maxtumquli ko‘chalari kesishuvida.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top