10:33 / 22.03.2019
13007

Gulistonda bosqinchilar qo‘lga olindi

2019 yil 8 yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida noma'lum shaxslar Bo‘ston mahallasida yashovchi S.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular uni va birga yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan farzandini qo‘rqitish orqali uyidan zargarlik buyumlari, pullari va “Iphone” rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahrida yashovchi S.J., J.M. va muqaddam sudlangan U.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top