22:08 / 22.03.2019
5425

Toshkent viloyatida 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga bayram sovg‘alari yetkazildi

Toshkent viloyatida saxovat haftaligi doirasida 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi vakillaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab xayr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususun, viloyat hokimligi tashabbusi bilan tayyorlangan sifatli oziq-ovqat jamlanmalaridan iborat bayram sovg‘alari 22 shahar va tumanlarda yashovchi  300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga yetkazib berildi.

Nazvaniye

Shuningdek, homiy tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari ham "Xayr-saxovat haftaligi" doirasida turli xayriya aksiyalarida ishtirok etishdi. Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internat,  shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar uchun palov,  sumalak kabi milliy taomlar tayyorlanib, bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar holidan xabar olinib, ijtimoiy-moddiy yordamni kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Top