07:58 / 22.03.2019
15813

Xitoydagi kimyo zavodidagi portlash 44 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Chen Feng/Xinhua via AP

21 mart kuni Xitoyning Yanchen shahar okrugidagi Syanshuy uyezdida joylashgan “Chenszyagan” kimyoviy sanoat bog‘idagi “Tyanszyai” kimyo zavodida soat 14.00 atrofida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda, 58 kishi og‘ir jarohat olgan. Bu haqda 22 mart kuni shahar meri Tsao Lubao matbuot anjumanda ma'lum qildi. 

Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, Xitoy seysmik agentligi portlash yuz bergan joy yaqinidagi hududlarda soat 14.48da 2,2 magnitudali va o‘chog‘i 0 metrda joylashgan zilzilani qayd qilgan.

 

Top