19:00 / 23.03.2019
19179

Jizzax viloyati xalq qabulxonasiga mudir tayinlandi

Jizzax viloyat hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi xalq qabulxonasi mudirini tayinlash bo‘yicha o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov, viloyat hokimi Ergash Saliyev, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari, hamda shahar, tuman xalq qabulxonalari mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi Ergash Saliyev ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanovga so‘z navbatini berdi.

Usmonov so‘zga chiqib, Jizzax viloyati hamda shahar va tumanlardagi xalq qabulxonalari faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Uzoqov Bayrambek Jizzax viloyati xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

U 2018 yilning dekabr oyidan buyon viloyat xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlab kelayotgan Ilhom Hazratqulov o‘rnida ish boshladi.

Uzoqov Bayrambek 1953 yilda Forish tumanida tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini va 1987 yilda Novosibirsk oliy partiya maktabini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida ijro organi sohasida faoliyat yuritib kelgan. 2001-2010 yillarda Forish tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Top