23:11 / 23.03.2019
17462

Messining qachon maydonga qaytishi ma'lum bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 30 mart kuni Primera doirasida o‘tkaziladigan «Espanol»ga qarshi o‘yingacha tiklanib olishi kerak, deb xabar beradi ESPN.

Futbolchi terma jamoasi tarkibida Venesuelaga (1:3) qarshi o‘yinda chovidan jarohat olgan edi.

Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 26 mart kuni Marokashga qarshi o‘tkazishi kerak. Ammo Lionel Messi bu o‘yinda ishtirok etmaydi va «Barselona» qarorgohiga qaytib ketgan.

Mavzuga oid
Top