17:53 / 24.03.2019
11149

Finlyandiya ichki ishlar vaziriga hujum qilindi

Foto: Lehtikuva / Heikki

Finlyandiyaning Vantaa shahrida noma'lum shaxs mamlakat ichki ishlar vaziri Timo Soyniga hujum qildi. Bu haqda Helsingin Sanomat xabar qildi.

Voqea vazir an'anaviy yarmarkada saylovchilar bilan muloqot qilayotgan chog‘da yuz bergan. Noma'lum shaxs vazirga yaqinlashgan va unga tashlangan. Hujum qilgan shaxsni politsiyachilar to‘xtatib qolishgan.

Helsingin Sanomat gazetasining yozishicha, hujum qilgan shaxsning kiyimida «Odin askarlari» millatchilik tashkiloti ramzi bo‘lgan. Bu tashkilot o‘zini immigrantlarga qarshi kurashuvchi tashkilot deb e'lon qilgan bo‘lib, asosan migrantlarni ta'qib qiluvchi patrullarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid
Top