12:00 / 24.03.2019
6515

Pogba yozda «Real»ga o‘tishi mumkin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba yozda jamoani tark etishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Mino Rayola transfer ustida ish boshlab yuborgan.

Zidan Madridga qaytganidan keyin Pogba har qanday futbolchi «Real»da o‘ynashni orzu qilishi haqida gapirgandi. Bu esa uning madridliklar safiga o‘tishi haqida taxminlarni jonlantirmoqda.

Lekin Pogba «Manchester Yunayted»ni o‘z ixtiyori bilan tark etishi qiyin. Uning shartnomasida tovon puli belgilanmagan. 

Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilgacha tuzilgan.

Joriy mavsumda Pogba APL doirasida 27ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan. «Manchester Yunayted» mavsum yakuniga 8 tur qolganida 58 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda, «qizil iblislar» mavsum yakunlariga ko‘ra YeChLga yo‘llanmani qo‘lga kirita olishmasa, Pogba klubni tark etishi uchun yana bir sabab paydo bo‘ladi.

Top