00:15 / 24.03.2019
8515

Tramp Suriya va Iroq IShIDdan to‘liq ozod etilganini ma'lum qildi

Foto: Susan Walsh / AP

Qo‘shma Shtatlar xalqaro antiterror koalitsiyasidagi hamkorlari bilan birgalikda Suriya va Iroqning IShID ekstremistik guruhi nazorat qilgan barcha hududlarini ozod qildi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Trampning bayonotida aytilmoqda.

"Men IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyadagi hamkorlarimiz, xususan Iroq xavfsizlik kuchlari, “Suriya demokratik kuchlari” bilan hamkorlikda Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroqning IShID nazorat qilgan hududlarini 100% ozod qilganini mamnuniyat bilan e'lon qilaman", - deyiladi bayonotda.

Tramp AQSh "IShIDga nisbatan hushyorlikni saqlab qolishini" va terrorizmga qarshi hamkor va ittifoqchilari bilan birgalikda kurashishini ta'kidlagan.

2014 yildan 2019 yilgacha Suriya va Iroq hududlarida mavjud bo‘lgan IShID eng kuchaygan davrida jami 88 ming kv. km maydonni nazoratiga olgandi.

Top