20:55 / 24.03.2019
10533

Yevro-2020 saralashi. Rossiya Nur-Sultonda Qozog‘istonga 4ta gol urdi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda 2020 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida I guruhi vakillari Qozog‘iston va Rossiya 2-tur o‘yinini o‘tkazishdi.

O‘yin mehmonlarning to‘liq ustunligida kechdi va yirik hisobda yakunlandi - 0:4.

O‘yinning birinchi bo‘limida Denis Cherishev ikkita gol urdi, ikkinchi bo‘limda Artyom Dzyuba ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, unga Cherishev hammualliflik qildi. Yana bir golni 62-daqiqada qozog‘istonliklar himoyachisi Abzal Beysebekov o‘z darvozasiga yo‘naltirib qo‘ydi.

Tur doirasida guruhning yana ikki vakili o‘zaro o‘ynaydi - San-Marino Shotlandiyani qabul qiladi, Belgiya Kipr mehmoni bo‘ladi.

Rossiya birinchi turda Belgiyaga 1:3 hisobida yutqazgandi, Qozog‘iston esa o‘z maydonida Shotlandiyaga javobsiz 3ta gol urgandi. Rossiyaliklar hozircha 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanishgan.

Yevro-2020 saralashi
I guruhi
2-tur
Qozog‘iston – Rossiya 0:4

Gollar: 0:1 – 19 Cherishev, 0:2 – 45 Cherishev, 0:3 – 52 Dzyuba, 0:4 – 62, avtogol Beysebekov.
Qozog‘iston – Nepogodov, Beysebekov, Logvinenko (Vorogovskiy, 29), Maliy, Axmetov, Zaynutdinov, Merkel, Murtazayev (Turisbek, 59), Kuat, Suyumbayev, Persux (Jukov, 85).
Rossiya – Gilerme, Kudryashov, Fernandes, Semenov, Jikiya, Cherishev, Gazinskiy, Ionov (Ignatev, 61), Axmetov (Al. Miranchuk, 72), Ozdoyev, Dzyuba (Chalov, 83).
Ogohlantirishlar: Suyumbayev (50), Kuat (59), Axmetov (64), Cheryshev (70), Zaynutdinov (90+3).

Top