10:48 / 25.03.2019
12540

Andijonda o‘zaro janjal qotillik bilan yakun topdi

2019 yil 20 mart kuni Andijon shahar O‘zbegim mahallasida joylashgan binoda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan, Toshkent ko‘chasida yashovchi B.Z. Andijon tumani Ogullik mahallasida yashagan D.E. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli B.Z.,ulfati D.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Z. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top