09:09 / 25.03.2019
9913

Gruziyalik futbolchi raqib jamoa o‘yinchisiga birinchi yordam ko‘rsatdi

Foto: REUTERS

Gruziya terma jamoasining yarim himoyachisi Jano Ananidze Shveytsariyaga qarshi o‘yinda raqib jamoa o‘yinchisi Fabian Sherga maydonda birinchi yordam ko‘rsatdi. 

Yevro-2020’ning saralash o‘yini davomida Sher gruziyalik futbolchi Jamol Tabidze bilan to‘qnashib ketib, hushini yo‘qotgan. Shunda Sherga eng yaqin turgan Ananidze uning orqaga ketib qolgan tilini tortib olgan. O‘z navbatida, to‘qnashuvning ikkinchi jabrdiydasi Tabidze miya chayqalishi olgan.

“Hech narsani eslay olmayman. Bir necha soniya hushsiz bo‘ldim”, deb izoh bergan vaziyatga Sherning o‘zi. U jarohatiga qaramay, o‘yinning oxirigacha maydonda harakat qilgan.

Uchrashuv Shveytsariyaning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 56-daqiqada Stiven Tsuber, 80-daqiqada esa Denis Zakariyo gruzinlar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. 

Top