21:11 / 25.03.2019
10298

Isroil G‘azo sektoriga zarbalar berishga kirishdi

Isroil harbiylari mamlakat hududiga raketa uchirilishi va buning oqibatida 7 nafar isroillik jarohatlanishi ortidan G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda mamlakat armiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harbiylarning ma'lum qilishicha, hujumlar nishoni anklav hududidagi HAMAS tashkilotiga tegishli pozitsiyalardir. Aynan shu tashkilot jangarilari Isroil hududiga raketa uchirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Bundan avvalroq Isroil harbiylari G‘azo bilan chegara hududiga ikkita qo‘shimcha bo‘linma ko‘chirilgani, zaxiradagi harbiylarning bir qismi qurollantirilishi boshlanganini va mamlakat janubidagi hududlarga o‘tish yo‘llari yopilganini ma'lum qilgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Isroilning o‘qqa tutilishi sababli AQShga safarini muddatdan oldin tugatishi va yurtiga qaytishini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid
Top