14:59 / 25.03.2019
8965

Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori yaqiniga joylashtirilmoqda

Foto: REUTERS / Amir Cohen

Isroil armiyasining ikkita harbiy brigadasi va qo‘mondonlik markazi G‘azo bilan chegaradosh hududga joylashtirildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi Avixay Edri ma'lum qildi.

Avvalroq isroilliklar falastinliklar tomonidan otilgan raketaga keskin javob qaytarilishini aytishgandi.

Edrining aytishicha, Tel-Aviv vaziyatning har qanday ko‘rinishiga tayyor.

Dushanba kuni ertalab Falastindan otilgan raketa Isroil markazidagi uylardan biriga tushgan va yetti kishi jarohatlangandi.

Mavzuga oid
Top