23:12 / 25.03.2019
5152

Navoiyda motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tashabbusi bilan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda respublikaning barcha viloyatlaridan jami 150 nafar sportchi ishtirok etdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qo‘shni viloyatlardan ham 1000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.

G‘oliblarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatining sayyohlik salohiyatini targ‘ib etuvchi, turizm ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Mavzuga oid
Top