11:20 / 25.03.2019
9612

Spasskiy «asr o‘yinida» nega Fisherga mag‘lub bo‘lgani tushuntirildi

Foto: Paporov / RIA Novosti

Sovet shaxmatchisi Boris Spasskiy AQSh jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan ruhiy bosim tufayli 1972 yilda jahon chempionligi uchun o‘yinda amerikalik Robert Fisherga mag‘lub bo‘lgan. O‘sha paytda Reykyavikda grossmeyster bilan birga bo‘lgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati faxriysi Georgiy Sannikov shunday fikrda. Bu haqda u RIA Novosti’ga aytib o‘tdi.

«Bosim o‘yinga qadar boshlangandi, o‘shanda Fisher o‘zining bir nechta intervyusida yaqinlashib kelayotgan g‘alabasi to‘g‘risida atayin gapirgan. Shu bilan birga, u sportdan ancha uzoq bo‘lgan iboralarni qo‘llagan», - deya ta'kidlab o‘tdi sobiq razvedkachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘yin davomida raqiblar Spasskiyni muvozanatdan chiqarishga bor kuchi bilan harakat qilishgan. «Fisher turli qiliqlar ko‘rsatgandi va bunga hech qanday izoh bermagan. To‘satdan partiya boshlanishini boshqa vaqtga ko‘chirishi mumkin edi. Yoki, aytaylik, tomoshabinlarni birinchi qatordan uzoqlashtirishni talab qilardi», - deya tushuntirgan Sannikov.

Faxriy qo‘shimcha qilishicha, razvedka iltimosiga binoan, grossmeysterning rafiqasi Reykyavikka qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvadan uchib kelgan, ammo «yutqazilgan partiyalarni qaytarishning iloji yo‘q edi».

Spasskiy va Fisher o‘rtasidagi o‘yin 1972 yilning yozida Islandiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan. Sovuq urush davrida SSSR va AQShdan bo‘lgan raqiblarning uchrashuvi butun dunyoda katta shov-shuv keltirib chiqarib, janjallar va bosim bilan davom etgan. Matbuotda uni ko‘pincha «asr o‘yini», deb atashadi.

Top