18:35 / 25.03.2019
14032

Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 g‘olibi bo‘ldi

Xitoyning Nanning shahrida China Cup 2019 xalqaro turniri yakunlandi.

Finalda Urugvay milliy jamoasi Tailand milliy jamoasi bilan bellashdi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Vesino, Pereyra, Stuani va Gomes hisobiga yozildi. 

Avvalroq, 3-o‘rin uchun o‘tgan bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.

Urugvay turnir yarim finalida aynan O‘zbekistonni dog‘da qoldirgandi (3:0).

Urugvay milliy terma jamoasi hujumchisi Stuani 3ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

China Cup 2019 
Final
25 mart, Nanning
Tailand – Urugvay 0:4
Gollar
: Vesino (6), Pereyra (38), Stuani (58), Gomes (88)

Mavzuga oid
Top