14:02 / 26.03.2019
25869

FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 27-30 mart kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi axborotda.

Bundan oldin, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilingandi.

Top