10:51 / 26.03.2019
17870

Mourino Zidanni haqiqiy murabbiy deb tan olmasligini aytdi

Foto: Carl Recine / Reuters

Madridning “Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Zinedin Zidanning “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi lavozimiga qaytishiga izoh berdi. Mourinoning so‘zlari jurnalist Janluki Di Marsioning saytida keltirilgan.

Mourino Zidan qisqa vaqt ichida klubni jonlantira olgani va unga Chempionlar ligasini qatorasiga uch marta yutishga yordam berganini tan olgan, biroq uning fikricha, bu Zidanni haqiqiy murabbiyga aylantirmaydi. “Dastlab u “Real”ga o‘z o‘yini falsafasini singdirishi, o‘yinchilarni sotishi va sotib olishi, qarorlar qabul qilishi va yangi jamoani shakllantirishi lozim”, deb aytgan portugaliyalik mutaxassis.

Uning fikricha, Zidan bugungi kunda madridliklar uchun mukammal variant hisoblanmaydi.

Zidan “Real”ga 2016-2018 yillar murabbiylik qilgan va uch mavsum davomida klubni Chempionlar ligasidagi g‘oliblikka olib kelgan. 2019 yil 11 martda uning klubga qaytishi e'lon qilindi. 

Mourino Madrid klubiga 2010 yildan 2013 yilgacha murabbiylik qilgan. Klub uning murabbiyligi ostida Ispaniya chempionati, kubogi va superkubogida zafar quchgan.

Top