20:00 / 27.03.2019
20276
«O‘zbekkonsert» rahbari boshchiligida bir guruh san'atkorlar ham maktablarga kitob sovg‘a qilishdi

Bugun, 27 mart kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbariyati ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xayrli tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bir guruh san'atkorlar bilan birgalikda maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Bu xayrli ishni ustoz san'atkorlar Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Ortiq Otajonov, G‘ulom Yoqubov va boshqalar boshlab berishdi. Ular maktab kutubxonalariga sovg‘a sifatida olgan kitoblarini topshirishdi. San'atkorlar o‘zlari tanlab olgan kitoblar haqida maktab o‘qituvchilariga gapirib berishdi. Sovg‘a qilingan kitoblar jahon va o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan tanlab olingan bo‘lib, maktab o‘quvchilarining turli sinflari uchun mo‘ljallangan. 

Prezident tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma'nan barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirishga, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Top