20:33 / 27.03.2019
5196

Sirdaryoda “Book challenge” loyihasi doirasida yangi kutubxona ochildi va 2 mingdan ortiq kitob sovg‘a qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Agentlik rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning axborot-kutubxona markazlari va ziyo maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Prezident tashabbusi asosida tashkil etilayotgan “Book challenge” loyihasi doirasida Guliston shahri markazida tantanali tadbir o‘tkazildi hamda viloyat hokimi boshchiligidagi rahbar xodimlar tomonidan viloyatdagi kutubxona va maktablarga 2 mingdan ortiq kitob sovg‘a qilindi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va viloyat hokimi G‘afurjon Mirzayev Sayxunobod tumanining O‘zbekiston mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Gavharoy Husanova tomonidan tashkil etilgan shaxsiy kutubxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi hamda kutubxonaga Prezident sovg‘asi – 1000 dan ziyod kitobni topshirdi. Agentlik direktori va viloyat xokimi kutubxonaning ilk a'zosi bo‘lishdi.  

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Agentlik rahbari, shuningdek, tumanda barpo etilgan “Jajji bilag‘on” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimida ham qatnashdi. Ushbu muassasada ingliz va rus tillari chuqur o‘rgatiladi, ta'lim oluvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Komil Allamjonov bu kabi maskanlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda Agentlik o‘z loyihalari bilan ishtirok etishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Top