14:56 / 28.03.2019
14347

Shveytsariya kompaniyasi O‘zbekistondagi uchta kompaniya aksiyalarini boshqaruvga oldi

Leman Capital investitsiya kompaniyasi uchta kompaniya aksiyalarini ishonchli boshqaruvga qabul qilib oldi, deb yozmoqda Spot kompaniya bayonotiga tayangan holda.

Qayd etilishicha, bu Integra Eurasia bilan kelishuv asosida amalga oshirildi.

Leman Capital quyidagilarning aksiyalarini oldi:

• «O‘zparavtotrans» AJ (104 544 dona, bu ustav fondidan 26,5 foizni tashkil etadi);
• «Buxoroneftgazparmalash» AJ (1 003 576 dona, 23,4%);
• «O‘zpartamponaj» (816 200 dona, 9,66%).

Leman Capital bosh ofisi Shveytsariyadagi Non shahrida joylashgan Leman xalqaro moliya guruhining bir qismi sanaladi. U 2018 yil O‘zbekistonda ish boshlagan.

Uning vazifasi korporativ moliya, brokerlik biznesi, investitsion maslahatlar va aktivlarni boshqarish sohasida yetakchiga aylanish uchun Leman guruhi texnologiyalari hamda resurslaridan foydalanishdan iborat.

Leman Services et Investissemens SA xizmati puldor mijozlarga, femili ofislarga va xususiy investitsion bizneslarga - Private Banking biznesi an'anaviy auditoriyasiga mo‘ljallangan. 

Top