11:49 / 28.03.2019
7392

Urgutda 45 000 000 so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

2019 yil 20 mart kuni noma'lum shaxs Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi I.R.ning uyiga deraza oynasini sindirib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan 45 000 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzabog‘lon mahallasida yashovchi Sh.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Top