12:17 / 29.03.2019
7500

Chirchiqda talonchilik qilgan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 22 mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Navoiy ko‘chasida noma'lum shaxslar Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi A.B.ning yuziga qo‘llari bilan urib, ichida “netbook” va uning qurilmalari, mobil telefoni va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasi hamda cho‘ntagidagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada A.B. jarohat olib, kasalxonaga murojaat qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi A.S., uning birga yashovchi akasi R.S., G‘alaba ko‘chasida yashovchi S.E. va Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi S.T. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top