17:27 / 29.03.2019
16560

Figu «Barselona»ni «Real»ga almashtirishi sababini tushuntirdi

Foto: Getty Images

Portugaliyalik sobiq yarimhimoyachi Luish Figudan 2000 yilda ko‘proq pul va sovrinlarni ko‘zlab, «Barselona»dan «Real»ga o‘tganini aytdi.

«Biror o‘zgarishga qo‘l urar ekansan, doimo bu yaxshilik olib kelishini kutasan. Hayotimda qo‘l urgan ilk jiddiy o‘zgarish bu boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish bo‘lgandi. Men ancha yosh edim va buni yangi tajribalar hamda ko‘proq obro‘-e'tibor qozonish uchun shunday qilgandim.

Ikkinchi o‘zgarishga [«Barselona»dan «Real»ga o‘tish] sabab shuki, men futbol dunyosida tan olinishni, har tomonlama – ham moliyaviy, ham sovrinlar miqdori bo‘yicha – o‘sishga erishishni istaganman.

Keyingi o‘zgarish – «Inter»ga o‘tishim futbol bilan birga baxtni izlash yo‘lidagi qadam edi», – dedi Figu Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Figu 1995-2000 yillarda «Barselona», 2000-2005 yillarda «Real» va 2005-2009 yillarda «Inter» sharafini himoya qilgan. U uchala klubida ham jami 7tadan jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritgan.

Top