21:27 / 29.03.2019
29630

Messi: «Yaxshi futbolchilar ko‘p, ammo Ronaldu ular orasida emas»

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Yuventus»ga o‘tib ketgan Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ronalduga qarshi o‘ynash oson bo‘lmasa-da, yoqimli edi. U «Real»da o‘ynab yurganida sovrinlarni yutib olishni yoqtirardim. U hech qayerga ketmasa, zo‘r bo‘lardi. «Yuventus»ni juda hurmat qilaman, Krishtianu tufayli jamoa juda kuchaydi.

Dunyoda yaxshi futbolchilar ko‘p - Neymar, Mbappe, Suares, Azar. Ammo Ronaldu ular orasida emas, u men bilan», - deb Messi so‘zlarini keltirmoqda AS.

Mavzuga oid
Top