14:59 / 29.03.2019
74668

Oqo‘rda: Qozog‘iston prezidenti oilasidan ajrashgan

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev oilasidan ajrashgan. Bu haqda Oqo‘rda rasmiy saytida kuni kecha paydo bo‘lgan, davlat rahbarining tarjimai holida aytiladi.

Biroq, davlat rahbari maqomidagi barcha tadbirlarda u yon barmog‘idagi uzuk bilan ko‘rinish beradi, deya ta'kidlamoqda Nur.kz.

20 mart. Qozog‘iston xalqiga qasamyod keltirish marosimi

Foto: akorda.kz

24 mart

Prezident Asqar Mamin, Bakitjan Sagintayev va Odilbek Jaksibekov hamrohligida futbol bo‘yicha Yevro-2020 chempionati saralash uchrashuviga keldi. Faqatgina uning barmog‘ida uzuk bo‘lgan.

Foto: akorda.kz

Shu bilan birga, uning hamrohlarining bari oilali, lekin ular rafiqasi borligini isbotlovchi uzukni taqishmagan.

Online.zakon.kz ma'lumotlariga ko‘ra, Maminning xotini ismi Oltinoy, Sagintayevning - Galiya, Jaksibekovning - Lazzat.

28 mart. Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko bilan uchrashuv.

Uzuk joyida.

Foto: akorda.kz

Tarjimai holda, mehnat faoliyatidagi yutuqlaridan tashqari, prezident oilasidan ajrashgani, o‘g‘li borligi ko‘rsatilgan. Sobiq rafiqasi haqida ma'lumot yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, u - Nadejda Davidovna Toqayeva. 

Bundan oldin, Qozog‘iston yangi prezidentining ilk xorijiy tashrifi qaysi davlatga bo‘lishi oydinlashgandi.

Mavzuga oid
Top