8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

07:46 / 30.03.2019 5207

Bosh prokuratura: O‘zbekistonda 100 ming aholiga o‘rtacha 13,3ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati. 

Xususan:

joylarda amaliy yordam ko‘rsatish uchun Bosh prokuratura va IIV xodimlari tarkibidan doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlar tashkil etildi;

jinoyatlarni tezkor fosh etish bo‘yicha hududlarda tajribali xodimlar (ekspertlar, kriminalistlar, tergovchilar)dan iborat ishchi guruhlar tuzildi;

joriy yilning 1 martidan elektron jinoiy-huquqiy statistika oid yagona axborot tizimi ishga tushirildi;

onlayn rejimda nazorat imkonini beruvchi fosh etilmagan jinoyatlarning yagona elektron bazasi yaratildi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi organlarning hamkorligini ta'minlovchi dasturiy ilova yaratildi hamda Navoiy viloyatida sinov tariqasida ishga tushirildi;

qidiruvdagi shaxslar tergov va sud organlariga ixtiyoriy kelgan taqdirda, ehtiyot chorasi o‘zgartirilishi haqida qidirilayotgan shaxslarning qarindoshlariga tushuntirishlar berilmoqda.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning ikki oyida:

sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin kamayishiga erishildi, xususan bu ko‘rsatkich 4.246 ta jinoyatni tashkil etib, 2018 yilning shu davriga (5.811) nisbatan 27%ga kamaygan;

O‘zbekistonda 100 ming aholiga o‘rtacha 13,3 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda (bu ko‘rsatkich Tojikistonda – 40, Ozarboyjon – 44, Moldova – 150, Rossiya – 225, Qozog‘iston – 240ni tashkil etadi), jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilga (18,1) nisbatan 26,5%ga kamaygan;

jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarning 277 nafari ushlandi, 346 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi;

fosh etilmagan jinoyatlar soni (87) o‘tgan yil bilan (144) solishtirganda 40%ga kamaygan;

sodir etilgan barcha qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jarohat yetkazish, nomusga tegish jinoyatlari to‘laqonli fosh etildi;

jinoyat sodir etgan 93 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta'minlangan.

Top