21:25 / 30.03.2019
13944

Isroil armiyasi: G‘azo sektori chegarasidagi tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda

Foto: siasat.com

G‘azo sektori chegarasidagi namoyish va tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Ayni paytda G‘azo sektori chegarasidagi namoyish va tartibsizliklarda 40 mingga yaqin falastinliklar ishtirok etmoqda. Aksariyat namoyishchilar G‘azo sektori ichida o‘rnatilgan chodirlardan uzoqlashmayapti", - deyiladi xabarda.

Ayrim hududlarda esa falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda. 

"Tartibsizliklar qatnashchilari toshlar uloqtirishmoqda va mashina g‘ildiraklarini yoqishmoqda. Bundan tashqari, ular bir necha bor granata va portlovchi qurilmalarni uloqtirishdi. Isroil harbiylari olomon ustidan nazoratni tiklash uchun vositalarni qo‘llashmoqda va o‘rnatilgan tartibda o‘t ochishmoqda", - deyiladi harbiylar tomonidan.

Al-Mayadeen telekanalining ma'lum qilishicha, isroillik askarlar bilan to‘qnashuvlarda ikki falastinlik halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. 

Mavzuga oid
Top