08:18 / 30.03.2019
24498

Saakashvili bo‘yinbog‘ chaynash voqeasiga oydinlik kiritdi

Foto: Stringer / RIA Novosti

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Gruziya, agar mamlakatda hukumat o‘zgarmasa, «dunyo xaritasidan» yo‘qolib ketadi. U «Gruziya Online» portaliga bergan intervyusida o‘z fikrini bildirdi.

«Bir-ikki yil o‘tgach, Gruziya jahon xaritasidan butunlay yo‘qoladi», - dedi Saakashvili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «barcha ma'lumotlar» shunga o‘xshash ssenariydan darak bermoqda. Ta'kidlanishicha, mamlakat iqtisodiyoti o‘smayapti, migrantlar soni esa bir million kishiga ko‘paydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar mamlakat hukumati o‘zgarmasa, unda «Gruziya davlati ham yo‘qolib ketadi».

«Biz dunyodagi birinchi raqamli islohotchi mamlakat edik, bugun esa hech qanday o‘zgarish yo‘q. Bu haqiqat», - dedi Saakashvili.

Shuningdek, uning bildirishicha, bolaligidan beri bo‘yinbog‘ chaynashga odatlanib qolgan. U bu haqda ukrainalik jurnalist Gordonga bergan intervyusida aytdi.

Saakashvilining bo‘yinbog‘ chaynayotgani va telefonda gaplashayotgani tasvirlangan kadrlar 2008 yil 16 avgust kuni «Bi-bi-si» efirida ko‘rsatildi, o‘shanda Janubiy Osetiyada harbiy mojaro yuzaga kelgandi. Sobiq prezidentning aytishicha, o‘sha paytda efirda ekanini bilmagan va shuning uchun o‘zi xohlagan narsani qilgan.

«Menda Artekdan beri shunday odat [bo‘yinbog‘ chaynash] bor. Bo‘yinbog‘larga doimo befarq bo‘lmaganman, shuning uchun ham ularni taqmaslikka harakat qilaman. Nega ozib ketdim? Bo‘yinbog‘ taqishni to‘xtatganim uchun», - deya hazillashgan Saakashvili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘sha paytda kim bilan gaplashganini eslay olmaydi.

Bundan oldin, Saakashvili Ukraina hukumatini «chamadonlarni tayyorlashga» chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top