05:01 / 30.03.2019
52499

«Toshkentda bugun yomg‘ir yog‘ar...» (fotojamlanma)

29 mart sanasida O‘zbekistonning turli hududlari bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatildi.

Kun.uz muxbiri o‘z obektiviga Toshkent shahrining yomg‘ir paytidagi tasvirlarini muhrladi.

Eslatib o‘tamiz, yog‘ingarchilik Samarqand va Jizzax shaharlaridagi avtomobil qatnov yo‘llar va ko‘chalarini suv ostida qoldirdi, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlaridagi qishloqlarga esa sel kelgan.

Toshkent shahrining drenaj tizimi talabga javob bermaydigan, montaj-qurilish ishlari ketayotgan qismlarida ham yo‘l, yer osti yo‘llarini suv bosish holatlari kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahar hokimligi favqulodda vaziyatlarda, kuchli yog‘ingarchilik  oqibatlari kuzatilganida 1050 va 1055 raqamlariga murojaat etishni tavsiya qiladi.

Mirzayor Erkinov

Top