14:50 / 30.03.2019
10827

Xitoy kemalari Yaponiyaning «bahsli suvlariga» kirdi

Foto: REUTERS

Xitoy dengiz politsiyasining to‘rtta patrul kemasi Sharqiy Xitoy dengizi Senkaku (Dyaoyuydao) orollari yaqinidagi hududga kirdi. Yaponiya hukumati bu yerni o‘z hududiy suvlari deb hisoblaydi, deya xabar qilmoqda TASS yapon OAVga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, Yaponiyaning sohilni qo‘riqlash xizmati kemalari ekipaji ovoz kuchaytirgichlar orqali Xitoy qo‘riqchi kemalariga «yapon hududiy suvlari»ni tark etish talabi bilan murojaat qilgan.

Avvalroq, Yaponiya shu yilning fevral oyida Xitoy o‘z hududiy suvlariga kirgani haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, gap Senkaku orollari yaqinida Xitoy kemalarining mavjudligi haqida ham borgan.

Bundan oldin, AQShning Yaponiyadagi harbiy bazasida qo‘poruvchilik sodir etilgandi.

Mavzuga oid
Top