08:36 / 31.03.2019
5779

Venesuela: Energetika tizimiga davomiy tajovuzlar kuzatilmoqda 

Foto: AP

Venesuela hukumati mamlakat energetika kompleksiga tajovuz qilishga urinishlar bo‘layotganini ma'lum qildi. Venesuela Aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodriges «o‘tgan ikki kunda ko‘plab urinishlar» kuzatilganini ma'lum qildi, deb yozgan prezident Nikolas Maduro

«29 va 30 mart kunlari elektroenergiyani taqsimoti va generatsiyasi bo‘yicha ishlaydigan tizimga davomiy yangi hujumlar uyushtirildi. Shuni bilingki, biz sabotajni yengib o‘tamiz va milliy energiya tizimni to‘liq qayta tiklaymiz», — degan Rodriges. 

 Juma, 29 mart kuni Venesuelaning katta hududiy qismi, jumladan poytaxt Karakas va mamlakatdagi 23 shtatning 21tasi energiyadan mosuvo bo‘lgandi. Muxolifat sardori energiya inqirozi rasmiy hokimiyat vakillarining fitnasi ekanini ta'kidlab, har qanday kiberhujumni istisno etgan. 

Shu paytgacha Venesuela tarixidagi eng katta energiya yo‘qolishi 7 mart kuni kuzatildi. O‘shanda Simon Bolivar nomidagi GES xodimlari bosh ko‘targani taxmin qilinadi. Mamlakat rahbari barcha aybni AQSh Davlat departamenti «zimmasiga» yuklamoqda.

Mavzuga oid
Top