8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:12 / 01.04.2019 27553

Hukumatning majburiy texnik ko‘rik bo‘yicha qarori qabul qilindi

Foto: Medium

Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a) oxirgi 3 yil davomida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarining yalpi xatlovdan o‘tkazilishini uch oy muddatda ta'minlaydi;

b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019 yil 1 iyunga qadar shakllantiradi;

belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Ma'muriy amaliyot" kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019 yil 1 iyulga qadar amaliyotga joriy qiladi;

Nizomga ko‘ra, u yuridik shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish uchun tatbiq etilmaydi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalariga tatbiq etilmaydi.

Top