09:00 / 01.04.2019
32129
Reklama

Onkologik kasalliklar uchun terapiya sohasida revolyutsion muvaffaqiyat

MRI va Linac'ni o‘zida jamlagan revolyutsion texnologiya bizning nur orqali davolashga doir tasavvurimizni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Uning paydo bo‘lishi davolash davomiyligining qisqarishi, o‘simtalarning ko‘rina boshlashi va ularga qarshi maqsadli kurashish, nojo‘ya ta'sirning kamayishiga hamda saraton murakkab turlarining chekinishiga imkon yaratadi.

Dunyoda shunday qurilmalardan bor-yo‘g‘i 20 tasi mavjud bo‘lib, ulardan biri Turkiyaning yetakchi tibbiyot muassasalaridan bo‘lgan ACIBADEM Healthcare Group tarkibiga kiruvchi Istanbuldagi ACIBADEM Maslak kasalxonasiga yetib keldi. 2012 yilda ACIBADEM IHH Healthcare bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi va kattaligi bo‘yicha jahonda ikkinchi turuvchi sog‘liqni saqlash tarmog‘ining bir qismiga aylandi. Ilg‘or diagnostik va davolash metodikalaridan foydalanish natijasida Turkiya sog‘lomlashtirish turizmi sohasidagi yetakchi davlatlar qatoriga kirdi.

Nur orqali davolashdagi yangi davr haqida Acıbadem tibbiy markazlar tizimiga kiruvchi – Mexmet Ali Aydinlar universitetning nur onkologiyasi bo‘limi mutaxassisi, ushbu soha eksperti professor Enis Ozyar so‘zlaydi.

Yurak-qon tomirlari kasalliklaridan so‘ng saraton salomatlik uchun ikkinchi eng katta tahdidlardan bo‘lib qolmoqda. Ekspertlar fikricha, joriy yilning so‘ngiga qadar, 18.1 millionga yaqin kishi og‘ir xastalikning qurboniga aylanadi, o‘limlar soni esa 9 milliondan oshadi.

Xatarli o‘simtalarning eng keng tarqalgan turi – o‘pka saratoni umumiy kasallar sonidan 11.6 foizni tashkil etadi. Ayollar asosan ko‘krak bezi saratonidan, erkaklar – prostatadan aziyat chekishadi. Ko‘p hollarda kolorektal saraton, shuningdek, oshqozon va jigar  saratoni tashxislari ham qo‘yiladi.

Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot yangi texnologiyalardan foydalanish bilan chambarchas bog‘liq – avvalroq qo‘yilgan tashxis va apparat terapiyasi hattoki yopiq shaklda topilgan kasalliklarni ham muvaffaqiyatli davolash imkoniyatini oshiradi. Mana shunday yangi texnologiyalardan biri xatarli o‘simtalarni yo‘qotishda revolyutsion burilish yasadi. Magnitli-rezonans nur orqali davolash radiatsion onkologga bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolash imkonini beradi – qurilma o‘simtaning mavjud joyini u hattoki, yumshoq to‘qimalarda joylashgan bo‘lsa ham aniq topa oladi.

Yangi texnologiya liniyali tezlashtirgichda magnitli rezonansni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘simtani yaxshi ko‘ra olish va yanada aniqroq davolashga yordam beradi. Avvallari nur orqali davolash yordamida davolay olinmagan o‘simtalar, masalan oshqozon osti bezida joylashgan o‘simtalarga endilikda yaqinlashib, topish mumkin.

Avvalgi texnologiyalardan foydalangan holda biz oshqozon osti beziga atrofidagi to‘qima yoki a'zolar tufayli optimal miqdordagi radiatsiyani yetkazib bera olmagan edik. Endi esa davolanayotgan qismga nisbatan yanada aniq nazorat orqali biz yuqori nurlanish dozalarini qo‘llashimiz mumkin.  

Nur orqali davolash – saratonni davolashda eng muhim tarkibdir. Uning roli radiatsiya orqali xatarli bo‘lgan o‘simtalarni yo‘q qilishdir. Nurlanish terapiyasi bo‘yicha mutaxassislarning asosiy vazifasi radiatsiya nurini iloji boricha aniqroq qilib yo‘naltirish, shu tariqa xatarli o‘simta yaqinida joylashgan sog‘lom to‘qimalar va hayot uchun zarur bo‘lgan tana a'zolariga shikast yetkazmaslikdir. Magnitli-rezonans nurlanish terapiyasi (MR Linac) esa buni amalga oshirishda xizmat qiladi.

Texnologiyadan ilk bor 2015 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida foydalanishgan. Hozir dunyoda bor-yo‘g‘i 20 ta shunday uskuna majvud.  ACIBADEM Maslak MR Linac foydalanayotgan o‘ninchi kompaniyadir.

MR Linac yangi texnologiyasining paydo bo‘lguniga qadar nur orqali davolanishning har bir seansi uchun o‘zgacha uslubdagi davolash metodikasi ishlab chiqilgan. Qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi va boshqa ichki a'zolarda joylashgan o‘simtalar o‘z holatini o‘zgartiradi va radioterapiya o‘tkazish jarayonini murakkablashtiradi. Endi magnitli-rezonansda o‘rnatilgan tezlatgich orqali har safar o‘simtaning aniq suratini olamiz. Agar to‘qimalar tuzilmasi o‘z holatini o‘zgartirsa, davolash rejasini to‘g‘irlab, nurni kerakli yerga yo‘naltiramiz.  

Mutaxassislar magnitorezonans nurlanish terapiyasining yana bir muhim afzalligini qayd etishmoqda: bemor aziyat chekayotgan yon ta'sirni kamaytiradi va ko‘pincha davolash seanslari sonini ham qisqartiradi.

Avval ayrim o‘simta turlarini yo‘qotish uchun 30 ta seansni amalga oshirish zarur bo‘lgan, hozir esa beshtasi ham yetarli bo‘lishi mumkin. Bu esa davolash davri 2 oydan 2 haftagacha qisqarishini bildiradi. Bu ayniqsa, Turkiyaning ACIBADEM markazlariga xorijdan kelgan bemorlar uchun juda ham qulay.

Magnitli-rezonans nurlanish terapiyasining mazkur turi ko‘krak bezi saratoni (ma'lum turlari va joylashishlari), o‘pka saratoni (aniqlangan holatda), jigar, jigar metaztazi, oshqozon osti bezi saratoni, qorin bo‘shlig‘i va prostatani davolashda yordam beradi. Shuningdek, bolalarni davolashda ham qo‘llash mumkin. Ekspertlar kelgusi 10 yil davomida  magnitli-rezonans nurlanish terapiyasi (MRIdian Linac) xatarli o‘simtalarni davolashda eng ommabop usullardan biri bo‘lishini qayd etishmoqda.

ACIBADEM shifoxonasida davolanish maqsadida Turkiyaga jo‘nab ketish uchun klinikaning quyidagi manzilda joylashgan vakolatxonaga murojaat qiling:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy.

Murojaat uchun telefon: (+99 895) 144 54 45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali ham barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top