8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:53 / 01.04.2019 2721

Toshkentda shahar va Yunusobod tumani ma'muriy sudi sudyalari sayyor uchrashuv o‘tkazdi

2019 yil 29 mart kuni Toshkent shahar ma'muriy sudi sudyasi D.Jo‘rayev va Yunusobod tuman ma'muriy sudi raisi D.Ergashev hamda tuman sudyalari S.Qo‘chqorov va X.Sodiqovlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek aholini huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan Yunusobod tumani aholisi bilan Axborot texnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuv chog‘ida fuqarolarning sudlarga oid ishlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Sayyor qabul davomida tumanning barcha tuman va shaharlaridan 25 dan ziyod fuqaro sud-huquq sohasiga oid o‘zini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Bular orasida ommaviy huquqiy munosabatlar, ma'muriy huquqbuzarlik bilan bog‘liq ishlar hamda pensiya, uy-joy va meros bilan bog‘liq ishlar bo‘lib, ularning aksariyati joyida hal bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchilarning huquqiy bilimini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Qabulni o‘tkazishdan maqsad sud idoralari tomonidan qonun va adolat ustuvorligini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek fuqarolarning sud idoralari bilan bog‘liq muammolarini hal etishga ko‘maklashishdan iborat, deydi Yunusobod tuman ma'muriy sudi raisi Davron Ergashev.

Top